Tuz cho‘liga aylangan Orol. Prezident dengizning qurigan joyiga borib, vaziyat bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 fevral kuni ekologlar va o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Mo‘ynoqda sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish bo‘yicha qilingan ishlar haqida axborot berdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida olimlar bilan maslahatlashib, u yerda sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish vazifasini belgilagan edi. Bugun davlat rahbariga shu borada qilingan ishlar haqida axborot berildi. Ekologlar va o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

“Biz shu murakkab sharoitda ekish bo‘yicha katta tajriba orttirdik. Bu yerga o‘zim kelishimdan maqsad - endi bu ishlarni ilmiy asoslangan tarzda davom ettiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezdent ilmiy izlanishlar qilib, hudud tuprog‘iga mos navlar yaratish, keyingi bosqichda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Orolbo‘yining flora va faunasini yaxshilash bo‘yicha 5 yillik milliy dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston xalqi hayoti, umuman, katta mintaqadagi ekologiya shu muammoga bog‘liq. Bir paytlar dengiz va unga tutash daryolar, yaylovlar odamlarga rizq ulashgan, ish, daromad manbai bo‘lgan. Lekin tabiat qonunlariga aralashish, Amudaryo va Sirdaryo suvini to‘sish dunyodagi og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Mintaqada cho‘llanish va sho‘rlanish darajasi keskin ortdi. O‘simlik va yovvoyi hayvonlar turi kamayib ketdi.

Global isish muammosi kuchayib, yog‘ingarchilik kamayayotgan bugungi asrda Orol dengizini qutqarish tobora imkonsiz bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda yagona yo‘l – borini asrab qolish, fojia ta’sirini kamaytirish, odamlar hayotini osonlashtirishdir.

Davlat rahbari bu bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi sessiyalarida ham gairgan, xalqaro sammitlarda muhim takliflarni ilgari surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing