Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekistondan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 iyul
5540O‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov Xalqaro shaxmat Olimpiadasi bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Chess.com” xabar berdi.
Nufuzli musobaqada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun kurashadi. O‘zbekiston jamoasi turnirda amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Olimpiadada ham aynan mana shu tarkib bahslarda qatnashgandi.
Ma’lumot uchun, shaxmat Olimpiadasi tarixda 45-marotaba tashkil etilmoqda. Bu yilgi bahslarga Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qiladi. O‘yinlar 10-23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi