Shaxmat mundiali O‘zbekiston vakillari uchun qanday o‘tdi?

Sport

image

25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishida Jahon chemionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida jahon toji sohibi Magnus Karlsen (Norvegiya) ham rapid, ham blits yo‘nalishida chempionga aylandi. O‘zbekstonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijani Nodirbek Abdusattorov qayd etdi. Abdusattoov  musobaqani 13 ochko bilan 176 nafar shaxmatchi orasida 19-o‘rinda yakunladi.

Ayollar o‘rtasida o‘zbekistonliklar orasida eng yaxshi natijaga Umida Omonova erishdi. Omonova 10,5 ochko ishlab, dunyoning 99 nafar shaxmatchisi ichida 16-pog‘onani band etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning blitsdagi yakuniy o‘rinlari:

19. Nodirbek Abdusattorov (2666) 13 ochko;

22. Jahongir Vohidov (2507) 13 ochko;

39. Nodirbek Yoqubboyev (2560) 12,5 ochko;

40. Muhiddin Madaminov (2333) 12 ochko;

79. Shamsiddin Vohidov (2597) 11 ochko;

118. Javohir Sindarov (2639) 9,5 ochko;

138. Muhammadzohid Suyarov (2217) 9 ochko;

141. Humoyun Begmuratov (2267) 9 ochko.

Ayollar:

16. Umida Omonova (1978) 10,5 ochko;

37. Afruza Hamdamova (2018) 9 ochko;

44. Nafisa Mo‘minova (2258) 9 ochko.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing