Shaxmat doskasi: Hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
10693Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari — vazirlikka ko‘rsatilgan nomzodlar ma’qullandilar. Quyida yangilangan tarkib bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri – Abdulaziz Komilov.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri – Bahodir Qurbonov.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri – Po‘lat Bobojonov.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri – Tursunxon Xudoybergenov.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri – Shuhrat Sodiqov.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri – Ibrohim Abdurahmonov.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Ozodbek Nazarbekov.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri – Elyor G‘aniyev.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri – Botir Zokirov.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri – Muzaffar Soliyev.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri – Botir Xo‘jayev.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri – Nozim Husanov.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri – Sardor Umurzoqov.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri – Inom Majidov.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri – Sherzod Shermatov.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri – Agrepina Shin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri – Alisher Shodmonov.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri – Dilmurod Nabiyev.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri – Alisher Sultonov.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri – Jamshid Xo‘jayev.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri – Shavkat Hamroyev.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri – Ruslanbek Davletov.
Ma’lumot o‘rnida, qonunchilikka ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi a’zolari Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullaganlaridan so‘ng Bosh vazir taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Bosh vazir o‘rinbosarlari ham deputatlar tomonidan tasdiqlangan edi.
LiveBarchasi