Shaxmat: Bugun O‘zbekiston jamoasi Ukraina bilan bahslashadi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Bu turda erkaklar o‘rtasida musobaqaning amaldagi chempioni O‘zbekiston jamoasi ukrainalik shaxmat ustalariga qarshi dona sursa, ayollar jamoasi Gretsiya bilan bahs olib boradi.

Bahslar Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Ortda qolgan 6 ta turdan keyin O‘zbekiston erkaklar jamoasi 10 ochko bilan musobaqa turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi, ayollar jamoasi esa 16-pog‘onada qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing