Shakardan ham  xavfliroq 5 mahsulot haqida bilasizmi?

Salomatlik

image

Shakar deganda ko‘z oldimizga inson organizmi uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar keladi. Lekin olimlarning aniqlashicha, odam uchun shakardan-da xavfliroq mahsulotlar mavjud va bular ko‘pchilikning kundalik taomlari orasidan joy olishga ulgurgan. Bugun siz bilan iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan va butunlay voz kechishga arziydigan 5 xil oziq-ovqat mahsuloti bilan tanishamiz.

Trans yog‘lar

Biroz notanish so‘z bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pchilik yoqtiradigan kartoshkali fri, tez tayyorlanadigan taomlar va barcha qovurilgan ovqatlar trans yog‘larni o‘z ichiga oladi. Agar ular tez-tez tanovul qilinsa, qondagi yomon xolesterin miqdorini oshiradi va yaxshi xolesterin miqdorini kamaytiradi.  Natijada tananing barcha funksiyalarining faoliyatini susaytiradi. Ularni qadoqlashda qisman vodorodlangan yog‘dan foydalaniladi va organizmga sezilmaydigan darajada zarar yetkazadi. Ta’kidlanishicha, trans yog‘larni iste’mol qilish yurak kasalliklari va ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi.

Energetik ichimliklar

Ko‘pchilik shirin va gazlangan ichimlikni xush ko‘radi. Ba’zilar ushbu ichimliklarni kunlik iste’mol ro‘yxatiga ham kiritgan. Bilib qo‘ying, uning tarkibida 30 grammdan ortiq shakar mavjud. Shuning uchun energetik ichimliklar kofein, taxikardiya va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Nitrit

Har qanday konservalangan go‘shtini qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlarda nitrit mavjud: kolbasadan tortib, sosiskagacha.

Nitritlar mahsulotlarning ishtahani ochib turishiga yordam beradi va uzoq vaqtgacha sifati buzilmaydi. Agar ular muzlatgichda saqlansa, xavf minimal bo‘ladi, lekin iliq haroratda saqlansa, oshqozonosti bezi, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoniga olib keladigan birikmalarni hosil qiladi.

Popkorn

Agar siz mikroto‘lqinli pechda tayyorlangan popkornlar bilan film tomosha qilishni yoqtirsangiz, bu odatingizdan voz kechishni tavsiya qilamiz. Popkornlar qizdirilganda o‘zidan perfluorooktanoik kislotasini ishlab chiqaradi. Ushbu modda inson organizmini saratonga olib kelishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, popkornlar haqiqatan ham shakardan ko‘ra yomonroq.

Oziq-ovqatga rang beruvchilar

Har qanday oziq-ovqat mahsulotining yorlig‘ini yaxshilab o‘qishni maslahat beramiz. 5 va 6 sariq rangli bo‘yoqlar bilan yozilgan ingrediyentlar bolalarda allergiya, konsentratsiya va aqliy buzilishga olib kelishi mumkin. Ular asosan shirinlik va pishiriqlarda uchraydi.

Endi ayting-chi, hamon ushbu mahsulotlarni iste’mol qilishdan to‘xtamaysizmi?


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

491

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing