Shakarboyev Qo‘shrabot tumaniga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyun kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi. Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi nomzodi ko‘rib chiqildi. 

Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Dilshod Davronovich Shakarboyev nomzodi Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Shakarboyev Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing