Shag‘al uyumi ichiga qariyb 6 kg “gashish”ni berkitgan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 6 kilogramm “gashish” moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar Beshbola MFYda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol kelgusida sotish maqsadida 5 kg 936 gramm “gashish” moddasini mayda shag‘al uyumi ichiga yashirib qo‘ygani aniqlangan va narkotik modda ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur ayol muqaddam aynan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida uning sheriklarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 201 kg kannabis va 1 kg 994 gramm “gashish” musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing