“Shaffof emas!”. Kosmonavtlar maydoni AKFA tomonidan ta’mirlanayotgani e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Kosmonavtlar maydoni Vladimir Jonibekov haykali oldidagi granit plitalar buzib tashlanayotgani haqida e’tirozli xabarlar tarqalgani, qurilish Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi tomonining ruxsatisiz boshlangani, shu bois “MIMAR GROUP” MCHJga ogohlantirish xati berilgani haqida xabar bergan edik. Katta bahs-munozaralarni keltirib chiqargan ushbu holatni o‘rganish maqsadida Bosh vazir Abdulla Aripov, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kosmonavtlar maydoniga yetib borgan. 

Bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, hokim loyiha davlat byudjetidan emas, balki AKFA kompaniyasi hisobidan moliyalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

Endilikda maydondagi ta’mirlash ortidan, navbatdagi masala kun tartibiga chiqdi. Jamoatchilik AKFA kompaniyasining bu hotamtoyligi ortida nima turgani bilan qiziqmoqda. Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov zudlik bilan mamlakatni qonun yo‘rig‘iga qaytarish kerakligini aytmoqda. 

“Emishki, Kosmonavtlar maydonida buzib-qurish ishlari AKFA mablag‘lari hisobidan amalga oshirilarmish.

Birinchi savol, qachondan buyon jamoat makonlarini, yana madaniy meros ro‘yxatidagi ob’ektlarni xususiy kompaniya o‘z istaganicha buzib-quradigan, moliyalashtiradigan bo‘lib qoldi? Kim, qaysi muassasa unga buyurtmachi bo‘lishga ruxsat berdi. Kim loyihani tasdiqladi? Ertaga bu ketishda masalan, AKFA Ko‘kaldosh madrasasini ham borib buzib-ta’mirlayveradimi, madrasaga AKFA rom-eshiklar o‘rnatadimi?

Ikkinchidan, AKFA Kosmonavtlar maydonini ta’mirlashi xohishlarida hech qanday iqtisodiy ma’no yo‘q. Xuddi hokimga Mercedes sovg‘a qilishdan iqtisodiy ma’no bo‘lmagani singari. Bu qaysidir sxemaning boshi, o‘rtasi yo oxiri va u aniqki, shaffof emas. Istalgan normal mamlakatda bunday pretsedent mustaqil mahkama nazoratiga olinadi. Iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan ushbu harakatda, aniqki, boshqa manfaatdorlik mavjud. 

Uchinchidan, zamhokimning aytishicha, loyiha qiymati aniq emas ekan, lekin tender o‘tkazilganmush. Bu judayam kulguli. Bu gaplarni eshitib qaysi ahmoq ishonishi kerak? Loyiha tayyor emas ekan, qanday qilib tender o‘tkazdilaring?

Iqtisodiy erkinlik reytingi Huquq ustuvorligi komponentlarida tubga inib ketganimizdan aslo hayron bo‘lmaslik kerak”, deb yozmoqda Bakirov. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing