Shahrisabzlik “kirakash”ga nisbatan 4 ta jinoyat yuzasidan tergov ishi ochildi

3-sahifa

image

Shahrisabzlik quruvchini taksi haydovchisi 8,5 million so‘mga chuv tushirdi. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda quruvchilik bilan shug‘ullanayotgan shahrisabzlik fuqaro Sh.R. 8,5 million so‘m miqdoridagi pulni oila ta’minoti uchun begona shafyordan pochta orqali Shahrisabzga berib yuborgan. Ammo taksi haydovchisi bu pullarni manzilga yetkazib olib bormagan. Sh.R. fikriga qaraganda, haydovchi jabrlanuvchi ishonchiga kirib, uning mahalladoshlari bn tanishligi haqida aytgan.

Ushbu holat yuzasidan Sh.R. Ichki Ishlar organlari hodimlariga murojaat qilgan. Gumonlanuvchi shaxs esa Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan ushlab kelingan. 

“O‘sha paytda barcha kommunal to‘lovlarim yig‘ilib turgan edi. Nima qilishni bilmasdan shu ishga qo‘l urdim. Lekin bu pullar menga buyurmadi”, deydi shafyor pushaymonlik bilan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi huddi shunday ayblovlar bilan avval ham sudlangan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan N. ismli shaxsga 4 ta jinoyat ishi bilan ayblov e’lon qilinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ehtiyot chorasi tarzida qamoq jazosi tayinlangan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing