Shahrisabzda “Xalq banki” xodimlari 100,5 mln pensiyani “tuya qildi”

3-sahifa

image

Qashqadaryoda “Xalq banki” xodimlari 150 nafar fuqaroning 100,5 million so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq bank” Shahrisabz filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda bank filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R. o‘zaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqaroga joriy yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini ta’minlamasdan, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing