Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi vafot etdi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2021 7704 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Rustam Qo‘shoqov 59 yoshida vafot etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Rustam Qo‘shoqov 1962 yil 20 may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. 25 yillik sudyalik tajribasiga ega.
Faoliyati davomida Qarshi tuman sudi sudyasi, Kamashi tuman sudi raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Marhum 2021 yildan buyon Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimida ishlab kelgan edi.
Live
Barchasi