Shahram G‘iyosov faoliyatini yakunlagan Ergashevni ringga chorladi

Sport

image

Professional boksning super yengil vazn toifasi jangchisi, o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (12-0) Instagram sahifasida bir necha kun avval faoliyatini yakunlagan Shohjahon Ergashevga (21-0) murojaat qildi.

“Sen bilan tugallanmagan jangimiz bor edi, o‘rtoq, lekin sport faoliyatingi yakunlabsan… Senga omad tilayman. Agar qaytish niyating bo‘lib qolsa, men kutaman”, deydi G‘iyosov.

O‘z navbatida Shohjajon Ergashev ham bunga munosabat bildirdi: 

“Men ham seni uchratganimdan xursandman. Sening sportdagi faoliyatingni hurmat qilaman. Sen juda kuchli bokschisan. Albatta, men ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski, boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar menga ruxsat bersa, albatta, jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Men ham sen bilan hisobni yopib, boksni tamomlashni istar edim”.

Eslatib o‘tamiz, ikki o‘zbekistonlik bokschi havaskor boksda bir marta to‘qnash kelgan va unda Ergashev ochkolar evaziga g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made