Shahram Ahadov bronza medal uchun kurashadi

Sport

image

Parijda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirida yarim final bahslari ham boshlandi.

-73 kg vaznda Shahram Ahadov Pekin Olimpiadasi kumush medali sovrindori Lasha Shavdatuashvili bilan final yo‘llanmasi yo‘lida kurash olib bordi. Mazkur vazn peshqadami bo‘lgan Lasha Shavdatuashvili o‘zbekistonlik sportchini mag‘lub etib oltin medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.

Shahram esa bronza uchun bahsda yan bir tajribali sportchi, mo‘g‘ulistinlik Send-Ochirin Sogtbaatarga qarshi bahs olib boradi.

Shahram Ahadov bu bahsgacha quyidagi raqiblarini mag‘lub etishga erishgan edi:

1 raund - Jek Yonezku (AQSH);
2 raund - Akil Gyakova (Kosovo);
Chorak final - Benjamin Axus (Fransiya).

Navro‘zbek Mamaziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing