Shahboz Sharif tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
26 fevral
3287Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin oladi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qo‘shma rejalar diqqat markazida bo‘ladi.
Shuningdek, tashrif doirasida madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilishi hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilishi ham aytib o‘tilgan. Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Qolaversa, tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida yetakchilar O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etishlari belgilangan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

