SHHT Bosh kotibi Komilovga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi qaroriga muvofiq Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bugun, 31 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligi hay’ati yig‘ilishida Vladimir Norov tanishitirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vladimir Norov Tashqi ishlar vazirligi tizimida katta tajribaga ega.

2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Alisherbek Paygamov ishtirok etdi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing