SHHT Bosh kotibi Belarusga bordi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi Chjan Min Belarusga tashrif bilan bordi va respublika Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi. Bu haqda Belarus diplomatik departamentiga tayanib, TASS xabar berdi.

“SHHT Bosh kotibining Belarusga tashrifi davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Aleynik Minni kutib olar ekan, Belarus mamlakatning SHHTga kirish jarayoni bilan bog‘liq konstruktiv va samarali muloqotga ishonishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, hozirda SHHTga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Eron tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega. 2022 yil sentyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Belarusning hozirda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan tashkilotga a’zo bo‘lish mexanizmi ishga tushirildi. Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka dialog hamkorlari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing