SHHT harbiy tashkilot muqobilimi? Peskov javob berdi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
11462Hech kim Shanxay hamkorlik tashkilotini harbiylashtirishga va uni kimgadir qarshi qaratishga urinmayapti. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Samarqandda jurnalistlar savollariga javob berib, aytib o‘tdi.
“Hech kim bunday vazifani qo‘ymaydi. Zero, SHHTdagi barcha munosabatlar bir-birining manfaatlarini hurmat qilish asosida qurilgan”, deydi kotibi Dmitriy Peskov so‘nggi paytlarda Tashkilotning harbiy tuzilma ekanligi haqidagi xabarlarga javoban.
U tashkilot faoliyati uchinchi tomonga qarshi qaratilmaganini ham qayd etgan.
“Bu kimgadir qarshi emas, nomida yozilganidek do‘stlik tashkiloti. Va bu kimgadir qarshi emas, balki biror narsa uchun do‘stlik”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SHHTning sobiq bosh kotibi Rashid Alimov ham Tashkilot “harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoq emas”ligi haqida bayonot bilan chiqqan edi.
Hulkar Murtazoyeva
LiveBarchasi