“Sevilya” o‘z rekordini yangiladi

Sport

image

Bugun, 1 iyun kuni Vengriyaning Budapesht shahrida UEFA Yevropa ligasi musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Finalda musobaqaning 6 karra chempioni Ispaniyaning “Sevilya” klubi UEFA Konferensiyalar kubogi musobaqasining amaldagi chempioni “Roma”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 7-marotaba turnir chempionligini qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limning 35 daqiqasida “bo‘rilar” sharafini himoya qilayotgan argentinalik Paulo Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 54 daqiqasida Janluka Manchini o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Shu tariqa o‘yinning asosiy vaqti va qo‘shimcha taymlarda ham g‘olib jamoa nomi aniqlanmay qoldi. Penaltilar seriyasida “Sevilya” 4:1 hisobida Italiya klubidan ustun kelib, chempionlikni o‘z nomiga rasmiylashtirdi.

“Sevilya” bungacha (UEFA kubogi bilan qo‘shganda) 2006, 2007, 2014, 2015, 2016 va 2020 yillarda mazkur turnirda g‘olib bo‘lgan. Jamoa finallarda umuman yutqazmagan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing