Serxio Ramos tizzasidan operatsiya qilindi

Sport

image

Madridning “Real” futbol klubi sardori Serxio Ramos chap tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda futbol klubi sayti xabar tarqatdi.

“Operatsiyani doktor Manuel Leyes “Real” tibbiy xizmati nazorati ostida amalga oshirdi. Serxio Ramos yaqin kunlarda tiklanish jarayonini boshlaydi”, deyiladi klub Matbuot xizmati xabarida.

Ramosning tiklanishi uchun kamida olti hafta kerak bo‘ladi. Himoyachi kamida to‘qqizta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, Ramos “Atalanta” bilan Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ikkala o‘yinida ham ishtirok etmaydi (24 fevral va 16 mart). Shuningdek, u o‘tkazib yuborgan uchrashuvlar qatoriga Ispaniya chempionatining “Ueska” (6 fevral), “Xetafe” (9 fevral), “Valensiya” (14 fevral), “Valyadolid” (20 fevral), “Real Sosedad” (28 fevral), va “Atletiko” bilan o‘yinlari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing