Sergeyev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
23 dekabr 2022
4774O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Rossiyaning "Torpedo" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Metaratings.ru" xabar berdi.
Aslida "Torpedo" shu yilning yozida 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo Sergeyevning joriy klubi "Tobol" Igorni sotishni istamadi. Sergeyev esa "Torpedo"ga o‘tishga qarshi emas. Rus klubi o‘zbek hujumchisiga ancha qulay shartnoma taklif qilishi mumkin.
Igor Sergeyev ortda qolgan mavsumda Qozog‘iston chempionatida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, "Torpedo" klubida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Hojimat Erkinov ham to‘p suradi.
LiveBarchasi