Sergey Lazarev “tashqaridagi vaziyat” sabab ingliz tilida kuylashdan voz kechmoqchi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya estradasi yulduzi Sergey Lazarev sentyabr oyida Rossiyaning Sochi va Anapa shaharlarida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida ingliz tilidagi qo‘shiqlarni kuylashni rejalashtirmayapti. Bu haqda “prozvezd” nashri xabar bermoqda.

Xonandaning fikricha, u ingliz tilida kuylamasligiga tashqaridagi vaziyat o‘zgargani va rus tomoshabinlariga ingliz tili begona ekanligi sabab bo‘lgan.

“Ijodimni boshlagan vaqtimda bu mendagi o‘ziga xoslik edi, men uzoq vaqt davomida ingliz tilida kuyladim. Menga bu yoqardi, lekin tashqaridagi vaziyat o‘zgarganidan so‘ng, men rus tilida kuylay boshladim. Rus tomoshabinlari uchun men ingliz tilida kuylagan qo‘shiqlar begona, ular men nima kuylayotganimni tushunishmasdi, buni his etardim. Rus tilida kuylashni boshlaganimdan so‘ng, tomoshabinlar bilan oramizdagi masofa yanada yaqinlashdi”, deydi xonanda.

Xonandaning ta’kidlashicha 20 yil davomida tomoshabinlar e’tiborini ushlab turish oson emas. Lazarev hattoki dam olgan vaqtida ham faqat ish va ijod haqida o‘ylaganini qo‘shimcha qilgan.

“Bizda tez-tez yangi artistlar paydo bo‘lishadi, lekin bir-ikki yildan so‘ng ular yo‘qolib qoladi. Yoki ular mashhurlikka erishgach, burni ko‘tarilib, o‘zlarini bo‘sh qo‘yib yuboradi. Ularning hayolida mashhurlik bir umrga berilgan, ammo oradan uch yil o‘tib ularni hech kim eslamaydi”, deydi Lazarev

Sergey Lazarev so‘ngi yillardagi konsertlarida “N-tour” deya nomlangan shou dasturi bilan sahnaga chiqayotgan edi. 5 va 8 sentyabr kunlari Sochi va Anapa shaharlarida bo‘lib o‘tadigan konsertlar “N-tour” dasturi so‘ngi bor sahnada namoyish etiladi. Xonandaning bundan keyingi konsert shoularida “Ya ne boyus” (“Men qo‘rqmayman”) deya nomlangan yangi musiqiy dasturi namoyish etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Sergey Lazarev 1983 yilning 1 aprel kuni Rossiya poytaxti Moskvada tug‘ilgan. 2000 yilda xonandalik faoliyatini boshlagan. Nufuzli “Yevronigoh” (“Eurovision”) qo‘shiqlar tanlovida ikki bor Rossiya sharafini himoya qilgan. U 2016 yilda “You Are the Only One” va 2019 yilda “Scream” nomli taronalar bilan tanlovda ishtirok etib har ikki safar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing