Sergelidagi omborxonaga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
14 may 6740 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:03 da Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Xabarga asosan 11:05 ga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘inni bartaraf qilishga harakat qilgan.
Bildirilishicha, vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qo‘shimcha malumot esa taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida hududidagi chiqindi saqlash joyida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.