Sergelida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Sergeli tumanining bir nechta hududlarida ertaga, 10 avgust va 11 avgust kunlari ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar suv ta’minoti MCHJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-1000 mm tarmoqlarni ko‘chirish uchun 10 avgust  soat 10:00 dan 11 avgust soat 22:00 gacha suvni o‘chirish jarayonida ichimlik suvi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Sergeli tumanida ichimlik suvi to‘liq to‘xtatiladigan mahallalar:

“Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Qushbegi", "Xonobodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, “Jaloir” va “Qipchoq” mahallalari.

“Sug‘diyona”, “Sofdil” mahallalarida esa ichimlik suv bosimi pasayadi.

Yangihayot tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:

“Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charag‘on” mahallalari va tumandagi Tug‘ruqxona, Poliklinika №37, KVD, O‘likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, “Doka xleb”, Toshkent mahallasi, Metall zavod, 12-avtopark, KNS, “Green park” va “Evrika” xususiy bog‘chasi hududida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing