Sergelida uydan qochib yurgan o‘g‘il otaning javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi

Jamiyat 13286
image

Toshkentda bir necha kun davomida uyiga kelmagan farzandni otasi ko‘chada ko‘rib, uni do‘pposlay ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy izoh berdi. 

Joriy yilning 11 avgust kuni soat 22:30 da Toshkent shahar IIBBga Sergeli tumani Sputnik-4 massivida ikki erkak janjallashayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga PPX avto-ekipaji yetib borib, janjalashayotgan erkaklarni ajratgan va ular Sergeli tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.

Aniqlanishicha, 27 yoshli Sirojiddin E. bir necha kun davomida uyiga kelmagan. Uning otasi 52 yoshli Farruh X. o‘g‘lining bu ishidan g‘azablanib, uni kechki payt Sergeli-4 massivida ko‘rib qoladi va uni urib, badaniga jarohatlar yetkazadi. Olgan tan jarohatlari sabab Sirojiddin E. esa shifoxonaga murojaat qilgan.

Qayd etilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ahrorbek Hayrullayev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 416
Reyting: 3
t
×