Sergelida 72 yoshli otaxon YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
05 Sentabr 2020
7033Toshkent shahrining Sergeli tumanida Matiz Spark va Cobalt’ga urilishi natijasida Matiz’ni boshqarib kelayotgan 72 yoshli otaxon voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Voqea kecha, 4 sentyabr kuni soat 08:20 da Sergeli tumanidagi Obi Hayot va Fayzli ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, 72 yoshli Matiz avtomobili haydovchisi Leliy K. chap tomonga burilish vaqtida kesishma yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 27 yoshli Sh.M. boshqaruvidagi Spark avtomobiliga yo‘l bermaganligi bois yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.
Matiz avtomobili inersiya sababli harakatni davom ettirib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 39 yoshli Aleksey K. boshqaruvidagi Cobalt avtomobiliga borib urilgan. YTH natijasida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida olgan jarohatlar sababli vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi