Sergeli yo‘nalishida metro to‘xtab qoldi. Odamlar manzilga piyoda yurib bordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Axborot-tahliliy media markazi holat yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, bugun, taxminan soat 10:45 da Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Sergeli metro yo‘nalishi bo‘ylab bepul avtobuslar harakati tashkil etilmoqda.

Ayni vaqtda “Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlamoqda. Bular haqida batafsil xabar berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

422

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing