Serblar rus quroliga qoyil qoldi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich va mamlakatning boshqa rasmiylari Rossiyadan harbiy texnikalarni topshirish marosimida ishtirok etib, bepul yetkazib berilgan texnikalar uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi. 

Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda. 

Serbiya rahbari shuningdek, yil oxiriga qadar Rossiyadan mamlakatga yana 7 ta vertolyot va 10 ta tank kelishini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy texnikasini yetkazib berish Serbiya qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi.

Ruminiya ommaviy axborot vositalari esa Ruminiya rasmiylari Dunay daryosida Serbiya uchun mo‘ljallangan rus tanklari va zirhli transport vositalarini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar berdi. 

Xuddi shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumot haqiqatga zid ekanini bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing