Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2025 1382 1 daqiqa
Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Momchilo Babich tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir favqulodda va muxtor elchi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qilgan. Uchrashuv davomida ikki davlat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorligini bildirgan.
“Elchi janoblariga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning joriy haftasida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning O‘zbekistonga kelishi ma’lum qilingandi.