Serbiya Prezidenti ko‘p narsani Putindan o‘rganayotganini ta’kidladi
Olam
−
14 noyabr 2021
5750Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Vladimir Putindan ko‘p narsani o‘rganayotganini aytdi. Bu haqda rus OAV yozmoqda.
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, u Prezident Putin bilan bir necha bor uchrashgan va bu har doim Serbiya uchun juda muhim uchrashuvlar bo‘lgan.
Serbiya Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rahbari bilan muzokaralarga tayyorgarlik davlat rahbari idorasida “haftalar”dan beri davom etmoqda.
“U Rossiyani ko‘targan. U Rossiyani ham siyosiy, ham harbiy jihatdan, nihoyat, iqtisodiy barqarorlik kuchi va boshqa hamma narsa nuqtai nazaridan ko‘targan”, deya ta’kidladi Vuchich.
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, u har doim Putindan “ko‘p narsani eshitishi” va tajriba orttirishi mumkin.
LiveBarchasi