Sentyabr oyida narxlar necha foizga o‘sgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2019 yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Umumiy hisobda 2019 yilning to‘qqiz oyi davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 9,7 foizga qimmatlashdi.

2018 yilning sentyabr oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16 foizga oshgan.

Yuqorida keltirilgan 2019 yilning yanvar-sentyabr oylaridagi qisqa muddatli oylik iste’mol narxlari va tariflari dinamikasi ma’lumotlarida aks etganidek mazkur davr mobaynida qimmatlashishning yuqori cho‘qqisi avgust oyida (102,9 foiz) ro‘yxatga olingan.

2019 va 2018 yillarning to‘qqiz oyi davoidagi qisqa muddatli oylik umumiy iste’mol narxlari indekslarini taqqoslash natijalariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal uzilish darajasi ham avgust oyi natijalariga to‘g‘ri keladi. (2019 yilda 102,9 foiz, 2018 yilda 100,3 foiz)

Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishi tahlillariga ko‘ra, 2019 yilning sentyabr oyi natijalariga asosan, oy davomida tovarlar narxlari o‘rtacha 1,2 foiz, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga ko‘tarilgan. Xizmatlar narxi esa oy davomida 2 foizga qimmatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya iste'mol bozori

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing