“Nu, pogodi!” mualliflaridan biri vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
21 dekabr 2020
10033Rossiyalik yozuvchi va ssenariy muallifi Aleksandr Kurlyandskiy bugun, 21 dekabr kuni Moskvada vafot etdi. Bu haqda uning do‘sti Aleksandr Lebedev ma’lum qilgan.
"U bugun uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi", deyilgan manbada.
Kurlyandskiy 1938 yil 1 iyulda tug‘ilgan. U 1961 yilda V.V.Kuybishev nomidagi Moskva injener-qurilish institutini tugatgan. 1964 yildan yozuvchilikdagi professional faoliyatini boshlagan.
Kurlyandskiy "Senimi, shoshmay tur!" multserialining mualliflaridan biri hisoblanadi.
Kurlyandskiy SSSR Davlat mukofoti bilan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist mukofoti bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi