Senator Enaxon Siddiqova vafot etdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati a’zosi – O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova shu yilning 13 yanvar kuni 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

“Do‘stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.

U 1976 yil Farg‘ona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Farg‘ona tumanlari maktablarida o‘qituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Farg‘ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan.

Enaxon Siddiqovaning “Qorako‘z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko‘ngil ufqlari”, “Ishq ifori” kabi she’riy to‘plamlari, “Sirli tun faryodi” hikoyalar majmuasi, “Qizoyimlarga kelinlik saboqlari”, “Tibbiyot fidoyilari”, “Xaloskorlik”, “E’zozli ayollar” kabi publitsistik asarlari nashr etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Enaxon Siddiqova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing