Senator edi, endi Prezident bo‘lmoqchi. Menni Pakyao saylovda ishtirok etadi
Sport
−
19 Sentabr 2021
5143Menni Pakyao ismi bilan taniqli bo‘lgan filippinlik bokschi va senator Emmanuel Dapidran Pakyao 2022 yilgi saylovlarda prezidentlik uchun kurashadi. Bu haqada CNN yozmoqda.
“Senator Menni Pakyao 2022 yilgi saylovda prezidentlikka nomzod sifatida o‘zi rahbarlik qilayotgan “Filippin Demokratik – Xalq hokimiyati” partiyasidan qatnashadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, bundan avval “Filippin Demokratik – Xalq hokimiyati” partiyasidan senator Kristofer Bong Goga mamlakat prezidentligiga nomzod bo‘lish taklif qilingan. Biroq, uning o‘zi bunga qiziqmasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Filippinning amaldagi Prezidenti Rodrigo Duterte 2022 yilgi saylovlarda mamlakat vitse-prezidentligi uchun nomzod sifatida rasman ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, filippinlik bokschi 2016 yilda o‘zining professional faoliyatiga yakun yasagan. Bu davrda u 72 ta jang o‘tkazgan va 62 tasida g‘alaba qozongan, 8 marta mag‘lub bo‘lgan. U vaznidan qat’i nazar barcha davr va xalqlarning eng kuchli bokschilari reytingida 5-o‘rinni egallagan.
LiveBarchasi