Tuyqusdan Senatning navbatdagi yalpi majlisi o‘tkazilyapti

Jamiyat

image

Ertaga, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi. Senat yalpi majlisi soat 15:00 da ochilishini e’lon qilgan. 

Senatning navbatdagi yalpi majlisida qaysi masalalar ko‘rib chiqilishi aytilmayapti. Uning o‘tkazilishi ham bir kun avval OAVga ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi joriy yilning 23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan edi. 

Unda 26 ta masala, shu jumladan 16 ta qonun ko‘rib chiqildi. Senat 15 ta qonunni qabul qildi. “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘dakla va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsultlariga doir talablar to‘g‘risida”gi qonun takomiliga yetkazish uchun quyi tashkilotlarga qaytarib yuborildi.

Senatning yigirma birinchi yalpi majlisida O‘zbekistonning 3 ta xalqaro Konvensiyaga qo‘shilishi va 1 ta xalqaro Bitimni ratifikatsiya qilishi tasdiqlandi.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasi, Ichki va Tashqi ishlar vazirlari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi va Xorazm viloyati hokimining hisobotlarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar hamda uzumchilik-bog‘dorchilik shirkatlarining ahvoli yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga so‘rovlar ham yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

yalpi majlisi

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar