Senatning 29-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senat binosida bo‘lib o‘tayotgan majlisda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Toshkent va Toshkent viloyatidan a’zolar ishtirok etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan senatorlar videokonferensaloqa orqali majlisda qatnashmoqda. 

Navbatdagi yalpi majlisda:

•    “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”; 

•    “Davlat qarzi to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”;

•    “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi  ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqidagi axboroti muhokama etiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti ham eshitiladi.

Yalpi majlisda qonunlarning ijrosi holati, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

Senatorlar tomonidan  Buxoro viloyati hokimining turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotini ham eshitadi.

Yalpi majlisda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovini yuborish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham muhokama qiladi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing