Senat 27-yalpi majlisda Oliy sudning yangi raisini saylaydi
Jamiyat
−
11 iyun 2022
12356O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi joriy yilning 13 iyun kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. Jumladan, yalpi majlisda “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
13 iyun kuni soat 11:00 da o‘z ishini boshlaydigan Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi