Senat Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kaltaklangani aytilgan voqeani nazoratga oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati va Toshkent shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uylaridan haydab chiqarilib, kaltaklangani aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Videoda ta’kidlanishicha, Samarqand viloyatidagi 6, 10-sonli hamda Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun davlat tomonidan bepul ravishda uy-joy ajratilgan, biroq, tarbiyalanuvchilar mutassaddi tashkilotlar tomonidan ushbu uy-joylar ularga kredit asosida berilgani to‘g‘risida ogohlantirmagan va buning oqibatida ular mazkur turar-joylardan haydab chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga yechim izlab Toshkent shahriga kelishganda ichki ishlar xodimi tomonidan ularga nisbatan o‘rinsiz harakatlar amalga oshirilgani iddao qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan. Tez orada ushbu holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing