Senat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish haqidagi Qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar asosan sudlar faoliyatiga oid bo‘lib, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatiladi.

Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirilishi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga erishish bilan bir qatorda, eng avvalo, fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berib, ularning muammosining bir joyda hal qilinishi imkonini beradi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing