Senat qozoq-o‘zbek chegarasida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Daut-ota” chegara bojxona postida yuzaga kelgan avtotransport vositalarining tirbandlik holati keng muhokama qilinmoqda.  

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasida “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali kirish va chiqish yo‘nalishida harakatlangan avtotransport vositalarining oqimi quyidagi omillar sabab ko‘payganligi aniqlangan:

-    pandemiya sharoitida Turkmanistonda karantin tadbirlarining kuchaytirilganligi hamda Turkmaniston hududi orqali avtotransport vositalarining harakati cheklanganligi sababli avtotransport vositalari O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Gruziya - Turkiya yo‘nalishida harakatlanmoqda;

-    qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida Qozog‘iston Respublikasi, Aktobe viloyati, Irgiz qishlog‘i orqali o‘tuvchi yo‘lning muzlashi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining janubiy viloyatlariga yukni yetkazib beruvchi tashuvchilar uchun “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali harakatlanish qulay bo‘lmoqda (masofaning qisqaligi va yo‘l xarajatlarining kamligi);

-    O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya davlati o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, tashqi savdo yuklarini tashuvchi tomonlar avtotransport vositalari uchun qulaylik va yengilliklar yaratilganligi sababli Turkiya davlati hududi orqali O‘zbekiston tashuvchilarining harakatlanishi ko‘paygan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari bojxona postida belgilangan muddatlarda qo‘shimcha vaqt talab qilmagan holda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Senat Axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek-qozoq davlat chegarasida yuzaga kelayotgan tirbandlikni bartaraf etish maqsadida Qozog‘iston tomoni bilan Davlat bojxona qo‘mitasi Rahbariyati darajasida har hafta, mas’ul boshqarmalari darajasida har kuni, bojxona posti darajasida har ikki soatda muloqot qilinib, bir-biriga ko‘maklashgan holda tezkorlik bilan mavjud muammolar yechimi topilmoqda.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘zbek-qozoq davlat chegarasida yuzaga kelayotgan tirbandlikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazoratga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing