Senat qamoqqa olingan homilador ayol bo‘yicha Oliy sud va Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi

Jamiyat

image

Joriy yil 29 aprel uni ijtimoiy tarmoqlarda homilador ayol 8 oylik go‘dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olingani haqida videomurojaat e’lon qilindi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati holat yuzasidan Oliy sud va Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi.

Yuqori palata Matbuot xizmatining xabar berishicha, unda Samarqand shahridagi tumanlararo pochta bog‘lanmasi operatori lavozimida ishlab kelgan A.R. va bog‘lanmaning qator boshqa xodimlari 2018 yilning 6 oyi mobaynida 743 mln so‘m miqdordagi pul mablag‘ini talon-toroj qilganlikda aybdor deb topilib, jazolangani to‘g‘risida fikr yuritilgan. Murojaatda A.R.ga qo‘yilgan barcha ayblarni qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta’kidlanadi.

Jumladan, tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, sud A.R.ni 8 oylik farzandi borligi va hozirda yana homilador ekanini inobatga olmay, 5 yilu 2 oy muddatga qamoq jazosi tayinlagan, deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, hozirda fuqaroning murojaati yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga Senatning so‘rovnomasi yuborilgan. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda masalani atroflicha o‘rganib, natijalari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali axborot beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing