“Schetchik”ni ta’mirlash va almashtirish kimning hisobidan bo‘ladi?

Jamiyat

image

Endilikda hisoblagichlarni zaruratga ko‘ra ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari ta’minotchi korxona hisobidan qoplanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarning ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ilovaga muvofik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Yuridik va jismoniy shaxslarning ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentidagi “Bunda, hisobga olish uskunalarini zaruratga ko‘ra ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari ta’minotchi korxona mablag‘lari hisobidan qoplanadi” so‘zlari chiqarib tashlanadi. 

Loyihada keltirilishicha, mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.H. Saliyev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklanadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Schetchik ichimlik va issiq suv

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar