Sayyoraning ikkinchi raqamli raketkasi jarimaga tortildi

Sport

image

Dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi serbiyalik Novak Jokovich Uimbldon finalidagi xatti-harakatlari uchun 8 ming dollar jarimaga tortildi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 7 karra Uimbldon g‘olibi Novak Jokovich joriy yilning 16 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining final bahsida jahonning birinchi raqamli raketkasi ispaniyalik Karlos Alkarasga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, raketkasini kortga urib sindirib tashladi. Shuningdek, u o‘yin davomida vaqtni cho‘zgani uchun hakam tomonidan ogohlantirilgan.

4 soat 43 daqiqa davom etgan final uchrashuvi yakuni va o‘yin davomida odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u 8 ming dollar jarima to‘laydi. 

Ma’lumot uchun, Alkaras mazkur g‘alabasi orqali Jokovichga Uimbldonning sakkizinchi unvonini qo‘lga kiritish va shveysariyalik Rojer Federer bilan finaldagi g‘alabalari soni bo‘yicha tenglashishga imkon qoldirmadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Jokovich bunga qadar 7 marta Uimbldon g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rojer Federer Novak Jokovich Karlos Alkaras

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar