Sayyoradagi eng keksa egizaklar kimligi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 Sentabr 2021
5108107 yil-u 300 kundan ortiq yashagan yaponiyalik opa-singil Umeno Sumiyama va Kume Kodama dunyodagi eng keksa egizaklar sifatida “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirdi. Ular egizak opa-singil Kin va Jin tomonidan o‘rnatilgan oldingi rekordni yangilashdi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, opa-singil Umeno Sumiyama va Kume Kodama 1913 yilda Yaponiyaning Kagava prefekturasidagi Shodo orolida tug‘ilgan. Umenoning to‘rt nafar, Kumening esa uch nafar farzandi bor.
Qizig‘i, Umeno va Kume mamlakatning turli burchaklaridagi qariyalar uyida yashaydi. Koronavirus sabab ularga “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirganligi haqidagi sertifikatlar pochta orqali yuborilgan.
Yangi rekord har yili nishonlanadigan yaponlarning milliy bayrami - Keksalarni e’zozlash kuniga to‘g‘ri keldi.
Ulardan oldingi rekord yaponiyalik egizak opa-singil Kin va Jin tomonidan o‘rnatilgan. Ular 107 yil-u 175 kun birga yashagan. Kin 2000 yil yanvar oyida, Jin esa bir yil o‘tib, 108 yoshida vafot etdi. Qayd etish kerakki, Yaponiya umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
“Ginnesning rekordlar” kitobiga ko‘ra, sayyoradagi eng keksa ayol 118 yoshda. Uning ismi Kana Tanaka bo‘lib, Yaponiyaning Fukoka orolida yashagan. Eng keksa odam - Emilio Flores Markez. U 1908 yilda Puerto–Rikoda tug‘ilgan. Ayni vaqtda Merkez 112 yoshda.
LiveBarchasi