“Saylov o‘tsin, ko‘rasanlar”. O‘quvchilardan darsga ro‘molda kelmaslik so‘ralgan audio tarqaldi (audio)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ekani aytilayotgan ayolning audosi tarqaldi. Unda direktorligi iddao qilingan ayol maktab o‘quvchilaridan maktabga ro‘molda kelmaslikni talab qilib, saylov kutilayotgani uchun maxsus tashkilotlar tomonidan tekshiruvlar bo‘lmayotganini ta’kidlagan.

“Ikkalanga gapim: mana shu maktabda o‘qiydigan bo‘lsang, ro‘molingni yechasan.  Kimga nima deb borishingdan qat’i nazar xuddi shu gapimni yetkaz. Sizlarning — mana shunaqa ro‘mollilarning safi maktabda ko‘payib ketishini xohlamayman. Chunki bu maktabning forma imijini buzadi”, deyiladi audioda.

Shuningdek, audioda maktab direktori ekani aytilgan ayol ro‘molga taqiq bo‘lmayotganiga oldinda saylov kutilayotganini sabab qilib keltirgan:

“Sizlarga aytib qo‘yay, hozir ro‘molga indamayotganining sababi — saylov o‘tishini kutyapti. Saylov o‘tib olsin, ko‘rasanlar. Senlarga ortiqcha gap kerakmi? Qanaqadir boshqa tashkilotlar kelib, ota-onangni surishtirishi kerakmi? Ota-onangga ortiqcha tashvish qilmoqchimisanlar?”

Holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar rasmiy bayonot berganicha yo‘q. Shuningdek, ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda aytilgan maktabda sodir bo‘lganiga ham dalillar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miziyoyev O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

883

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing