Saylov rasman o‘tgan deb hisoblandi
Jamiyat
−
09 iyul 2023
8672Bugun, 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 19 mln 270 ming 212 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Coat 13:00 holatiga ko‘ra, ularning 52 foizdan ortig‘i, ya’ni 10 mln 52 ming 289 nafari allaqachon ovoz berib bo‘ldi va saylov rasman bo‘lib o‘tgan deb hisoblandi.
“O‘zbekistonning turli hududlaridagi saylov uchastkalarida o‘rnatilgan videokameralar, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarimizning saylovda faol qatnashayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan okrug saylov komissiyalarining saylovchilar ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlari umumlashtirib borilmoqda”, dedi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifing davomida komissiya o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
Ma’lum qilinishicha, saylovda eng ko‘p ovoz bergan aholi soni Jizzax viloyatida qayd etilgan. Eng kam ovoz berganlar esa hozircha Toshkent shahrida!
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonlari kechki soat 20:00 ga qadar davom etadi.
LiveBarchasi