Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi loyihaga ko‘ra, Saylov kodeksining quyidagi moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan: 

  • 14, 20, 22, 101 va 102-moddalarida yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishni chiqarib tashlash; 
  • 21-moddada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va o‘n bir – o‘n sakkiz nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash; 
  • 31-moddadan saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi ko‘rsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash; 
  • 38-moddada saylovlarda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash; 
  • 48-moddada saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash. 

Deputatning yozishicha, Qonun loyihasi YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovlar bo‘yicha missiyasining O‘zbekistonda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalari bo‘yicha saylov to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikning tahlillari asosida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan. 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing