Saylov kodeksiga muddatidan ilgari saylovlar bo‘yicha moddalar kiritildi

Jamiyat

image

Saylov kodeksiga bir qator yangi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yildi.

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.

Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas;

Prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi;

Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda 3 oy ichida o‘tkaziladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi;

Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda 3 oy ichida o‘tkaziladi.

Senat tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda 1 oy ichida o‘tkaziladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing