“Saylov-2021” jarayonlarini yoritishga qaratilgan “Xalqaro media-xoll” tashkil etildi

Biznes

image

Ayni paytda mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy voqea – 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga  har jihatdan puxta hozirlik ko‘rilmoqda. 

Dunyo tajribasidan yaxshi ma’lumki, saylovlarning shaffof, adolatli va xolisona o‘tkazilishi avvalo demokratik qadriyatlarning ustuvorligi, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati bilan bevosita bog‘liq.

Bu borada keyingi yillarda mamlakatimizda qabul qilingan bir qator qonunlar, farmon va qarorlar  milliy medianing har taraflama taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etmoqda. 

Joriy yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi  tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini xalqimizga va xalqaro jamoatchilikka tezkor, xolis va haqqoniy tarzda yetkazilishiga ko‘maklashish maqsadida 60 ta loyihani o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media-dasturi qabul qilingan edi. Prezident saylovini xolis va haqqoniy yoritishni ta’minlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida O‘zEOAVMA tomonidan Xalqaro media xoll tashkil etildi. O‘zEOAVMA  “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ushbu media xoll faoliyatini yo‘lga qo‘yish dasturi ishlab chiqildi.

Bu yerda mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning dasturlari taqdimoti, tegishli vazirlik va idoralar, ekspertlar ishtirokida yurtimizda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muloqotlar, dolzarb mavzudagi bahs-munozaralar, yosh jurnalistlar va blogerlar ishtirokidagi turli brifinglar, mahorat darslari, qiziqarli tanlovlar, jami 40 dan ortiq tadbirlar  o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Media-xoll xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy  jurnalistlar va mehmonlar uchun muloqot maydoni (kofe breyk bilan), siyosiy partiyalar uchun brifinglar va matbuot anjumanlari o‘tkazish zali, madaniy tadbirlar zali, jurnalistlar ishlashi, suhbatlar uyushtirishi, intervyular olishi uchun matbuot markazi, hamda mehmonlar uchun dam olish joyidan iborat. 

“Xalqaro media-xol” tadbirlarida  5000 nafardan ortiq iqtidorli, faol yoshlar, ijodkor talabalar, yosh mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, “xalqaro media-xoll” kun tartibidan   konsertlar, film taqdimotlari, qator madaniy dasturlar   ham o‘rin olgan.

2021 yilning 14 oktyabr kuni soat 17.00 da “Yoshlar ijod saroyi”da “Xalqaro media-xoll”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  va senatorlar, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, diplomatik korpus, xalqaro kuzatuvchilar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari  vakillari, blogerlar, faol yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining  birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev,     Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev,    Markaziy Saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev “Yuksalish” Umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov va boshqalar so‘zga chiqishdi

O‘zEOAVMA boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ochilish marosimida mamlakatimizda o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovini keng va xolisona yoritishda, saylovning xalqaro andozalarga va demokratik tamoyillarga muvofiq tarzda o‘tkazilishida, ommaviy axborot vositalari uchun transparentlik va teng huquqlilikni ta’minlashda  ushbu “Media-xoll”ning tashkil etilishi katta yordam berishini alohida ta’kidladi. 

“Mazkur media-xollni tashkil qilishdan asosiy maqsad ham saylov jarayonlari haqida xalqimiz va dunyo hamjamiyatini  muntazam ravishda, tezkor va xolisona xabardor qilib borishdan iborat, – dedi F.Abduxoliqov. – Media-xolda mahalliy  va xalqaro ommaviy  axborot vositalari  uchun turli brifinglar, matbuot anjumanlari o‘tkazish, siyosiy partiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, intervyular olish, turli ko‘rsatuvlar, mediamahsulotlar suratga olish uchun  barcha sharoitlar yaratilgan”. 

Media xollning maqsad va vazifalari, unda yaratilgan sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.

Shundan so‘ng mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar vakillari so‘zga chiqib,  tashviqot jarayonlari va media xollda yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritishdi. 


    
Taqdimot marosimida taniqli san’atkorlar kuy-qo‘shiqlar bilan ishtirokchilarni mamnun etishdi. Tadbirda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga ko‘ra suratga olingan “Bir kunlik to‘y” badiiy filmi namoyish etildi. 

“Xalqaro media-xol” 2021 yilning 26 oktyabriga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi. 

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing