2020 yildan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlandi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
9073Avvalroq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat:
1. Yashash joyidan ma’lumotnoma.
2. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha yashayotganligi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
3. Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma.
4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma.
5. Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma.
6. Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma.
7. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma.
8. Fuqaroning yolg‘iz yashayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
9. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
10. 80 yoshga to‘lgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
11. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
12. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
14. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
15. Shaxs haqiqatan nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
16. Ishsizlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
18. Vafot etgan shaxsning ota-onalari, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zosi vafot etgan shaxsning uch yoshga to‘lmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
19. Xodimning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
20. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning fotosurati yopishtirilgan ma’lumotnoma.
21. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash va ularni zarur darajada parvarishlash bo‘yicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
22. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun ma’lumotnoma.
23. Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
24. O‘zi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
25. Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) ayollarning alohida xonada yashashi kerakligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
26. Kam ta’minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
27. Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslarning tavsifi bilan ma’lumotnoma.
28. Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
LiveBarchasi